O‘zbekiston bo‘yicha eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi, dedi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov aholiga qilgan murojaatida. Shuningdek, u aholi uchun xavfsiz yashash va mehnat sharoitlarini yaratish borasida ichki ishlar organlari tomonidan qator vazifalar belgilab olinganini ma’lum qildi.
Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi lavozimiga saylandi.
IIV rahbari Po‘lat Bobojonov energiya resurslari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tezkor yig‘ilish o‘tkazdi. Mas’ullarga vazirlik akademiyasi bazasida og‘ir vaziyatlarda 100 ta oilaga mo‘ljallangan yashash xonalarini tashkil etish, mahallalarda «Isinish punktlari»ning faoliyatini ta’minlash vazifasini topshirdi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov poytaxtda shaxsiy mashinalar ko‘payib ketganini, ertalab ishga borishda va kechqurun qaytishda «tirbandliklar sabab umuman yurib bo‘lmay qolganini» aytdi. «O‘zining mashinasidan ko‘ra, jamoat transportida tezroq boraman deb bilsa, tirbandliklar ham kamayadi», — dedi u.
Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib Toshkentda bir kishilik piket uyushtirgan publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbariga yangi video murojaat yo‘lladi. «15 yoshli bolaning urib, o‘ldirilganini eshitgach, iztirobga tushdingizmi? Agar tushmagan bo‘lsangiz, o‘rningizni boshqaga bo‘shatib qo‘ying», — dedi u.
Publitsist va bloger Shokir Sharipov IIV rahbari Po‘lat Bobojonov iste’fosini talab qilib, 22 noyabr kuni poytaxtdagi Gagarin haykali oldida bir kishilik piket uyushtirgandi. Vazirlik matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov piket bo‘yicha vazirga «aniq axborot» berilganini ma’lum qildi.
Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov yarim yil ichida sodir etilgan jinoyatlar haqida axborot berdi. Jumladan, 99 ta odam savdosi fosh etilgani aytildi. Tanzila Narbayeva esa ushbu jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan ikki baravardan ko‘proqqa oshgani va 34 ta holat chaqaloqlar savdosi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.
Senatning yalpi majlisida ichki ishlar vaziri hisobot berdi. Po‘lat Bobojonovning aytishicha, 2020-yilda ichki ishlar xodimlari 134 ta jinoyat sodir etgan. Shundan 27 tasi o‘lim bilan bog‘liq. Huquqbuzar qonun himoyachilariga ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazolar belgilanayotgani aytildi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga bergan intervyusida joriy yilning 7 oyida 12 mingdan ziyod haydovchining transport vositasini mast holda boshqargani aniqlanganini ma’lum qildi. Vazir YTHlarda qotillikka nisbatan 5 barobar ko‘p odam halok bo‘lganini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting